Sozlash
Hammasi plugins/FinExBans/config.yml da. Ko'rinadigan matnlar u yerda emas — language_en.yml, language_ru.yml, language_uz.yml da. O'zgartirib, /finexbans reload.
Til
language:
default: en # en | ru | uz yoki o'zingizning language_xx.yml
per-player: true # har o'yinchi o'z mijoz tilida ko'radi (fayl bo'lsa)
appeal: 'discord.gg/yourserver' # ban ekranida {appeal} o'rnida chiqadiYangi til qo'shish: language_en.yml ni language_de.yml deb nusxalang, tarjima qiling, default: de qo'ying. Topilmagan kalitlar inglizchaga tushadi.
Baza
storage:
type: sqlite # sqlite | h2 | mysql | mariadb
host: localhost
port: 3306
database: finexbans
username: root
password: ''
table-prefix: 'finexbans_'Bitta serverga SQLite yetadi. Bir necha server orasida jazolarni bo'lishish uchun MySQL/MariaDB — Tarmoq.
Mute
mute:
ip-scope: true # mute o'sha IP'dagi boshqa akkauntlarga ham tushadi
blocked-commands: [msg, tell, w, r, me, say, ...]ip-scope — mute qilingan odam alt bilan gapira olmasligining sababi. Yon ta'siri: bitta uydan o'ynaydigan ikki kishi birga mute bo'ladi. Bu muhimroq bo'lsa false qiling.
Bo'shliqli yozuv (clan chat) butun buyruq satriga solishtiriladi — faqat /clan chat … to'siladi, butun /clan emas.
Ogohlantirish zinasi (ladder)
ladder:
enabled: true
window: 30d # bundan eski ogohlantirishlar sanalmaydi
'3': 'MUTE 1h 3 warnings'
'5': 'MUTE 1d 5 warnings'
'7': 'BAN 7d 7 warnings'
'10': 'BAN perm 10 warnings'Faqat aynan shu son ishlaydi: 3-ogohlantirish 1 soat mute, 4-chisi qo'shimcha hech narsa, 5-chisi 1 kun mute.
Cheklovlar
limits:
ban: '' # masalan 30d — finexbans.limits.bypass yo'q xodim bundan oshira olmaydi
mute: ''
ipban: ''Muddatsiz jazoga har doim alohida ruxsat kerak (finexbans.ban.permanent va h.k.), cheklov bo'lsa ham, bo'lmasa ham.
Chat filtri
chat-filter:
enabled: true
words: [examplecraft, othernetwork]
commands: [msg, tell, w, r, me]
notify-staff: trueTekshirishdan oldin matn soddalashtiriladi: ꜱᴍᴀʟʟ ᴄᴀᴘꜱ va ˢᵘᵖᵉʳˢᶜʳⁱᵖᵗ oddiy harfga, kirill o'xshashlari (а е о р с х) lotinga, harflar orasidagi nuqta va bo'shliq olib tashlanadi, raqamlar harfga (3→e, 4→a, 0→o, 1→i, 5→s), takror harflar bittaga. m.i.n.e s t 4 x ham, ᴍɪɴᴇꜱᴛᴀx ham minestax bo'ladi.
WARNING
Qisqa yoki keng tarqalgan so'z qo'shmang — boshqa so'z ichida ham topiladi va begunoh xabar to'siladi.
Chat, ro'yxatdagi buyruqlar, kitob, taxta va sandon nomlarida ishlaydi. finexbans.filter.bypass tekshiruvdan ozod qiladi.
E'lon va bildirishnomalar
broadcast:
enabled: true # false = hamma jazo jim (faqat xodimlarga)
alerts:
join-attempt-while-banned: true
alt-accounts: trueHech kirmagan o'yinchilar
unknown-players:
lookup: true
online-uuids: auto # server offline-mode, lekin online-mode proksi ortida bo'lsa true/ban Kimdir — bu nik hech kirmagan bo'lsa ham ishlaydi: online-mode server Mojang'dan UUID so'raydi, offline-mode server offline formula ishlatadi.
Muddatlar
30s, 10m, 2h, 7d, 1w, 1mo, 1y, birga 2h30m, yoki perm.