Web panel
Plaginning o'zi ochadigan kichik sayt — PHP yo'q, alohida hosting yo'q, baza ulash yo'q. Oxirgi jazolar, faol ban/mute/warn, o'yinchi qidiruvi va o'yinchi sahifasi: 3D skin, to'liq tarix, alt akkauntlar.
Yoqish
web:
enabled: true
host: 0.0.0.0
port: 8085
title: 'Mening serverim — Jazolar'
token: '' # bo'sh = hammaga ochiq; sir yozsangiz shusiz kirib bo'lmaydi
hide-staff: false # true bo'lsa ochiq sahifada xodim nomlari ko'rinmaydiRestart, keyin brauzerda http://<server-ip>:8085/. Portni firewall / hosting panelida oching.
Himoyalash
token: 'sir' bo'lsa sahifa faqat http://<ip>:8085/?token=sir orqali ochiladi (yoki Authorization: Bearer sir sarlavhasi bilan). Token bo'lmasa ham panel faqat o'qish uchun — undan hech kim ban bera olmaydi.
Domen bilan
https://bans.serveringiz.uz bo'lishi uchun oldiga nginx yoki Caddy qo'yasiz:
location / {
proxy_pass http://127.0.0.1:8085;
proxy_set_header Host $host;
}JSON manzillari
Sahifa to'rtta manzil ustida ishlaydi, o'zingiz ham ishlatishingiz mumkin:
GET /api/stats | faol sonlar |
GET /api/recent?page=1 | eng yangi jazolar, sahifada 25 ta |
GET /api/list?type=BAN&page=1 | bir turdagi faol jazolar (BAN, IPBAN, MUTE, WARN) |
GET /api/player?name=Steve | profil, faol jazolar, tarix, altlar |
Tezlik
Har bir so'rov alohida oqimda, bazani plaginning IO oqimi orqali o'qiydi — o'yin oqimiga umuman tegilmaydi.